Venesuela muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo o‘zining Twitter’dagi sahifasida Venesuelaga qaytib kelganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
U ayni paytda o‘zining sevimli vatanida ekanligini ta’kidlagan. Guaydo hukumat tomonidan tahdid qilingan hibsga olinishdan qutulib qoldi. U aeroportdan Karakasga borib o‘z tarafdorlari oldida miting o‘tkazdi.
“Venesueladagi vaziyat yana avvalgi siyosiy holatiga qaytdi, undan chiqish bir necha harakatlarni amalga oshirishdan tortib fuqarolik urushigacha borishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)