AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashmaydi, deya xabar beradi “Korrespondent”.
“Saylovda qatnashmayman, lekin ishimni, o‘z qarashlarim va so‘zimni o‘tkazishda davom etaman”, — deydi Klinton.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Nyu-York gubernatori yoki meri lavozimi uchun kurashda ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Endi Klinton o‘z partiyasiga yordam beradi, shuningdek, yozuvchilik va buvilik hayotidan zavq olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda AQSh prezident saylovlarida Respublikachilar partiyasi vakili Donald Tramp g‘olib chiqqan. U saylovchilarning 304 a’zosidan, Klinton esa 227 nafaridan ovoz yiqqan.
Izoh (0)