Qozog‘iston chegara qo‘shinlari “Gazel” kuzoviga jihozlangan maxfiy joyga yashiringan Rossiya Federatsiyasiga kirmoqchi bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosini topdi, deya xabar beradi “Sputnik”.
Hodisa 5-mart kuni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida sodir bo‘lgan.
“Gazel” avtomashinasi Rossiya fuqarosining boshqaruvida bo‘lib, Toshkent—Samara yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan. Chegarachilar avtomobilning tashqi va ichki o‘lchamlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikka, shuningdek kuzov ichidagi yangi qoplamaga e’tibor qaratgan.
“Chegara qo‘shinlari rahbari maxsus texnika vositalarini qo‘llagan holda chuqur tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan, tergov natijasida kuzovning old qismida qo‘shimcha bo‘linma mavjud bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yashiringanligi aniqlangan”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasiga kirish huquqi cheklangan bo‘lgani bois shu yo‘l bilan chegarani kesib o‘tishga uringan.
Izoh (0)