Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro Z. Botirova O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan. Murojaat Pastdarg‘om tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Bu haqda Xalq so‘zi xabar berdi.
Tuman gaz idorasi tomonidan Z. Botirova yashovchi xonadonga 3 900 000 (uch million to‘qqiz yuz ming) so‘m qarzdorlik hisoblangan. Bu qarzdorlik asossiz ekanligi aniqlanib, dalolatnoma tuzilganligiga qaramasdan, tuman MIB xodimlari tomonidan bu hujjat e’tiborga olinmagan va qarzni to‘lash talab etilgan.
Vaziyat uch tomon ishtirokida o‘rganildi. Gaz hisoblagich ko‘rsatkichi asosida hamda to‘lov pattalari qayta hisob-kitob qilinganda, fuqaroning tabiiy gaz iste’molidan 65 600 (oltmish besh ming olti yuz) so‘m qarzi borligi aniqlandi. Iste’molchi hisobiga yozilgan 3 834 400 (uch million sakkiz yuz o‘ttiz to‘rt ming to‘rt yuz) so‘m asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.
Izoh (0)