4-mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qodriya—Oqqovoq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-kilometrida yuk poyezdi Qibray qishlog‘ining Birlik ko‘chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa oqibatida M.M. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi.
“Hurmatli fuqarolar! Temir yo‘lni kesib o‘tayotganda hushyorlikni oshirib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi IIV xabarida.
Izoh (0)