AQSh prezidenti administratsiyasi arab davlatlariga Suriya prezidenti Bashar Asad bilan munosabatlarni tiklashga xalaqit berishga urinmoqda, deb yozadi “Meduza”.
Amerika hukumatining sa’y-harakati bilan arab davlatlarining bu yo‘ldagi harakatlari to‘xtab qolgan.
AQSh ushbu davlatlarni Suriyani qayta tiklashga qaratilgan istalgan harakatlar Asadni siyosiy islohot qilishga majburlovchi sanksiyalarga olib kelishi haqida ogohlantirgan.
Qayd etilishicha, AQSh Suriya izolyatsiyasi davom etib, mamlakatdagi Eron qo‘mondonligi tomonidan nazorat qilinuvchi barcha kuchlar chiqib ketishiga erishmoqchi.
Izoh (0)