Dubayda dunyodagi ilk suvosti mehmonxona qurilishi boshlandi, deya xabar beradi “UaeInside”.
Birinchi besh yulduzli suv osti kurorti The Floating Venice deb nomlanadi va Dubay qirg‘og‘ida joylashadi, deb yozadi.
Suv osti kurorti o‘z shakli bo‘yicha Italiyadagi San-Marko maydonini eslatadi.
Mehmonxona to‘rt qavatli bo‘lib, 414 xonadan iborat. Barcha xonalar, sport zallar, Spa-salonlar, do‘konlar, restoranlarning yarmi suv ostida joylashadi.
Arxitektorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu yerga tashrif buyuruvchilar derazadan suv osti dunyosining ajoyib ko‘rinishidan bahramand bo‘ladi.
The Heart of Europe – arxipelag loyihasi investorlarda katta qiziqish uyg‘otgan.
Izoh (0)