AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq advokati Maykl Koen Kongress vakillar palatasidagi eshituvlar chog‘ida 10 yil davomida kishilar va tashkilotlarga uning nomidan 500 marotaba tahdid qilganini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tramp boshqa kishilarga necha marotaba tahdid qilishni so‘ragani haqidagi savolga Koen “yetarlicha” deb javob bergan.
Shunda ushbu savolni bergan kongressmen Jeki Shpeyper aniqlashtiruvchi raqamlarni ayta boshlagan: 50,100,200, 500. Koen uni 500 raqamida to‘xtatdi va “aynan shuncha marotaba bo‘lsa kerak”, deb ta’kidladi.
Izoh (0)