Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbatda Orolbo‘yida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash va ekologik falokatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Avaza shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani hamda Turkmanistonning ushbu jamg‘armadagi samarali raisligi mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyatning Orol muammosini hal etish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlariga yangi sur’at bag‘ishladi.
BMT shafeligidagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi o‘z faoliyatini boshlagani hamda dengizning qurigan tubida o‘rmonlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan keng miqyosli ishlar yuksak baholandi.
Shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan, jumladan, joriy yilning aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida fikr almashildi.
Izoh (0)