24-fevral kuni AQShning Nyu-York shtatining Eri ko‘li sohilida joylashgan turli qismlarida kuchli shamol muzli sunamini yuzaga keltirdi, deb xabar berdi Forum Daily.
Ushbu tabiat hodisasi shamol ko‘l sohili bo‘ylab yirik muz bo‘laklarini chiqarib tashlaganida yuz beradi. Muz bo‘laklari ustma-ust taxlanib devor hosil qiladi.
Ayrim hududlarda avtomobillar harakati to‘xtab qolgan. Mahalliy politsiya haydovchilardan yo‘llarda ehtiyot bo‘lishni so‘ramoqda.
Izoh (0)