Dushanbe shahrida qurilayotgan Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qurilishida 60 metr balandlikdan qulagan ikki ustaning ahvoli og‘irligicha qolmoqda, deb xabar berdi “Asia-Plus”.
Ular Tojikiston milliy tibbiyot markazi neyrojarrohlik bo‘linmasining jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Bundan tashqari, yana uch nafar jabrlanuvchi travmatologiya bo‘limida davolanmoqda.
Ushbu tibbiyot muassasasiga umumiy hisobda 10 kishi olib kelingan. Ulardan biri shifoxonaga yotishdan bosh tortgan. Qolganlarining ahvoli esa qoniqarli deb baholanmoqda.
Izoh (0)