1978-yilda nohaq qamoq jazosiga hukm qilingan amerikalikga 21 million dollar to‘lanadi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Kreyg Kouli bir ayol va uning to‘rt yashar o‘g‘lini o‘ldirganligi uchun 39 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Himoya tomonining tashabbusi bilan tergov ishlari qayta tiklangan. Natijada sudlanuvchi aybsizligini isbotlaydigan DNK namunalarini topishga muvaffaq bo‘lgan.
Erkak 2017-yilning noyabrida kechirilgan va 70 yoshida ozodlikka chiqqan.
21 million dollarlik kompensatsiyaning 4,9 million dollarini Kaliforniyaning Simi-Velli shahri to‘laydi.
Qolgan qismi sug‘urta va boshqa manbalardan to‘lanadi.
Izoh (0)