Samarqand shahri Siyob dehqon bozori va atrofidagi hududda o‘tkazilgan o‘rganish natijasida 495 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida kamchiliklar kuzatildi, deb xabar berdi “Zarnews”.
Jumladan, 161 ta hujjatsiz faoliyat yuritish, 38 ta faoliyat turi guvohnomaga mos kelmasligi, 57 ta nazorat kassa mashinasini o‘rnatilmaganligi, 57 ta bankdan hisob raqami ochilmaganligi, 59 ta to‘lov terminallari o‘rnatilmaganligi, 54 ta ijara shartnomasi tuzilmaganligi, 13 ta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmaganligi va 56 ta tadbirkorlar tomonidan norasmiy yollanma ishchilarni ishlatish kabi holatlar aniqlangan.
Hududdagi 177 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kamchiliklari to‘liq bartaraf etildi.
Izoh (0)