O‘zbekistonning Chexiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Nabijon Qosimov (qarorgohi Berlin shahrida) Praga shahrida prezident Milosh Zemanga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Chexiya prezidenti O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yaqin qo‘shnichilik munosabatlari va hamkorlikni mustahkamlash hamda ushbu jarayonga qo‘shni Afg‘onistonni jalb qilishdagi rolini alohida qayd etar ekan, bu esa mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilishiga ta’kidladi.
Milosh Zeman Chexiya tomonining O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdorligi, shuningdek, mamlakatda islohotlar jarayoniga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.
Izoh (0)