Toshkentda sher bolalarini sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Toshkentning Shayxontahur tumanida 4 nafar erkak ikki sher bolasini 6 ming dollarga sotishni rejalashtirgan. Ular Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)