Avvalroq Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi hisob raqami Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bloklab qo‘yilgani, shu tufayli, “ROBO CODERS—2019” tanlovi g‘oliblari sovg‘asiz qolishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Innovatsion markaz matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu xabar e’lon qilingan vaqtdan buyon vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishga ulgurgan. Barcha tashkiliy masalalar hal qilingan.
“ROBO CODERS—2019” tanlovining final bosqichi 24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)