O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Sho‘rtan” gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun Rossiyaning “Gazprombank”idan 300 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ jalb qilish topshirig‘ini bergan, deya xabar beradi “Spot”.
Polietilen ishlab chiqaradigan kompleks Rossiya davlat gaz kompaniyasi “Gazprom”ning strategik sherigi bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” tasarrufiga kiradi.
“Gazprombank” O‘zbekiston bilan bir qator sohalarda, jumladan, neft-gaz sohasida ham aloqalarni rivojlantirishni maqsad qilgan va bunday kreditni taqdim etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)