G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida 38 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi bo‘lgan avtobus muzlashdan qutqarib qolindi, deb xabar berdi “Nur.kz”.
Qutqaruvchilarning qayd etishicha, avtobusda yo‘lovchi tashish qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan. Yo‘lovchilar isinish uchun gaz plitasidan foydalangan.
O‘tgan bir kun davomida qutqaruvchilar qor bo‘ronida qolgan 11 ta texnika va 218 nafar odamni qutqargan.
Xabarda aytilishicha, hududda ikki kun davomida shamol tezligi sekundiga 22 metrni tashkil etgan kuchli qor bo‘roni kuzatilgan. Ko‘plab avtomobil yo‘llari muzlab qolgan.
https://www.instagram.com/p/BuGW0tWhKkX/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)