• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ronaldu Madridda va u yana Grizmannga qarshi. Barchasi “Atletiko M”—“Yuventus” to‘qnashuvi haqida (prevyu)

    Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida bugun so‘nggi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Ulardan biri Madridda “Atletiko” hamda Turinning “Yuventus” jamoalari o‘rtasida kechadi. Quyida uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Atletiko” joriy mavsum o‘z maydonida o‘tadigan Chempionlar Ligasi finalida o‘ynashni orzu qilmoqda. Ammo taqdir uni 1/8 finaldayoq Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus”ga ro‘baro qildi. Ko‘pchilik qur’adan oldin ikkala jamoani ham musobaqa favoritlari qatorida ko‘rayotgan edi. Biroq ulardan biri musobaqa bilan erta xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Albatta, ularning bu bosqichda bir-biriga to‘g‘ri kelgani neytral muxlislarga xush yoqqani bor gap. Ammo mazkur o‘yin sabab g‘alaba qozongan jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada orttirib olishi ham ayni haqiqat.

    Jamolarning o‘yindan oldingi holati

    Ispaniya La Ligasida “Atletiko”ning o‘yini biroz pastladi. Buni natijalar ham isbotlab turibdi. “Matraschilar” avval “Betis”ga so‘ngra hamshahari “Real”ga imkoniyatni boy berdi. Ammo “Yuventus” bilan o‘yindan oldin yana g‘alabali odimni boshladi. Klub Antuan Grizmanning yagona goli evaziga “Rayo Valyekano”dan ustun keldi va bir tur o‘tmay ikkinchi o‘rinni “Jirona”ga yutqazib qo‘ygan “Real”dan qaytarib oldi.

    “Yuventus” esa “Atletiko” bilan o‘yinga qadar Italiya Kubogidan chiqib ketdi. A Seriyada esa hamon yakka peshqadam bo‘lib turibdi. So‘nggi uchta o‘yinda quyidagi natijalarni qayd etdi: “Parma” bilan durang, “Sassuolo” va “Frozinone” ustidan bir xil — 3:0 hisobidagi g‘alaba. Jamoa ayni damda bor diqqat-e’tiborini Chempionlar Ligasiga qaratgan. Boisi klub uchun “shalpangquloq” kubok so‘nggi yillardagi asosiy orzu va maqsad bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham Turin superklubi Chempionlar Ligasini yutish hadisini olgan Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib oldi. “Yuventus” A Seriyani Ronaldusiz ham u bilan ham yuta oladi. Ammo Chempionlar Ligasiga qo‘lga hadeganda yetavermagach, “qahramon”—Ronalduga murojaat etildi. Ronni esa “Real” bilan so‘nggi uch yilda “shalpangquloq”ni hech kimga bermadi. Portugaliyalik yulduz ham “Yuventus” bilan Chempionlar Ligasini yutish asosiy maqsadi ekanligini bot-bot takrorlashdan charchamayapti. Shunday ekan, “Atletiko”—“Yuventus” qarama-qarshiligi 1/8 final bosqichining bezagi bo‘lishining ehtimoli kam emas.

    Qiziqarli faktlar
    • “Atletiko” Chempionlar Ligasidagi so‘nggi uchta o‘yinda o‘z darvozasidan bitta ham gol o‘tkazmadi;
    • “Atletiko” Chempionlar Ligasidagi so‘nggi o‘nta o‘yindan to‘qqiztasida mag‘lub bo‘lmadi;
    • “Atletiko” va “Yuventus” atigi ikki marta Chempionlar Ligasida o‘zaro duch kelgan. U ham bo‘lsa 2014/15-yilgi mavsum guruh bosqichida. O‘shanda “Atletiko” “Yuventus”ni 1:0 hisobida yenggan, ikkinchi o‘yinda esa tomonlar golsiz durangni qayd etgan;
    • “Yuventus” Chempionlar Ligasida so‘nggi oltita safar o‘yinida mag‘lub bo‘lmadi. Turin klubi beshta o‘yinda g‘alaba qozonib, bitta o‘yinda durang qayd etdi.

    Uchrashuv hakami

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    O‘yinni germaniyalik Feliks Svayer boshqarib boradi. Svayer 2018/19-yilgi mavsumda 6 ta xalqaro o‘yinda ishlagan. U bu bellashuvlarda 40 ta sariq kartochka ko‘rsatgan. Bitta o‘yinga o‘rtacha — 6,7 tadan. Qizil kartochkani esa cho‘ntagidan chiqarishga hojat bo‘lmagan. Bitta o‘yinda o‘rtacha 30 ta qoida buzilishini qayd etadi.  

    Taxminiy tarkiblar

    “Atletiko Madrid”: Oblak — Arias, Ximenes, Godin, Luis — Korrea, Rodrigo, Partey, Saul — Morata, Grizmann

    “Yuventus”: Shesni — De Shilyo, Bonuchchi, Kyellini, Sandro — Pyanich, Bentankur, Matyuidi — Kanselu Manjukich, Ronaldu

    O‘ynamaydi

    “Atletiko”: Lyuka Ernandes

    “Yuventus”: Xuan Kuadrado, Sami Hedira.

    So‘roq ostida

    “Atletiko”: Koke

    O‘yindan oldingi fikrlar

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Hozir ustunlik hech kimda emas. Hammada bir xil imkoniyat — 50 ga 50. Odatdagidek jang qilamiz. Chempionlar Ligasi ajoyib musobaqa. Unda bizni “Yuventus”ga o‘xshagan katta jamoalarga qarshi o‘yinlar kutadi. Bunday o‘yinlar bizning o‘sishimizga, rivojlanishimizga ko‘mak beradi. Biz ushbu musobaqada ishtirok etayotganligimizdan faxrlanamiz.Diyego Simeone, “Atletiko Madrid” bosh murabbiyi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    G‘alaba qozonish uchun ko‘proq mehnat qilish kerak, shu bilan birga biroz omad ham kerak. Bular Chempionlar Ligasi mohiyatini belgilab berai. Ronalduning tarkibda borligi katta ustunlik beradi. Negaki Krishtianu va Messi Chempionlar Ligasi musobaqasining so‘nggi 10 yildagi eng yaxshi to‘purarlari hisoblanadi. Ammo jamoa ham yaxshi natija ko‘rsata olishi kerak. Ronni bilan bizda g‘alabaga bo‘lgan imkoniyat ko‘proq, biroq bu kafolat degani emas.

    Massimiliano Allegri, “Yuventus” bosh murabbiyi

    Yevropa Chempionlar Ligasi

    1/8 final bahslari

    20-fevral, chorshanba

    “Atletiko Madrid”—“Yuventus” 01:00

    Bosh hakam: Feliks Svayer

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    20.02.2019, 21:47   Izoh (0)   22364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Messi va uning jamoadoshlari fransuz sherlariga qarshi. Barchasi “Lion”—“Barselona” uchrashuvi haqida (prevyu)

    19.02.2019, 18:59

    ​Qozog‘istonlik qiz Habib Nurmagomedovdan Toyota Camry kalitlarini qabul qilib oldi

    18.02.2019, 21:30

    Sardor Rashidov: “Het-trikimni O‘zbekiston xalqiga bag‘ishlayman”

    17.02.2019, 09:29

    Ignatiy Nesterov doping sabab futboldan chetlatildimi?

    15.02.2019, 18:29

    “Qari bilganni pari bilmas”. A Seriyaning qarishni bilmaydigan hujumchilari haqida

    15.02.2019, 18:17

    Afrika tarixidagi eng boy 10 nafar futbolchi haqida

    15.02.2019, 00:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerikalik olimlar fikrni ovozlantirish uchun miya implantini yaratdi

    Dunyo | 16 avgust, 14:14

    Jizzaxda maktabga ishga qabul qilish uchun pora so‘ragan masʼul qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 13:58

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.