“Vaqf” fondi “IT.uz” MChJ bilan hamkorlikda “Surdo Online Uzbekistan” loyihasining homiysi sifatida ish olib bormoqda. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning uchta masjidida juma namoziga kelgan imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘zlari uchun belgilangan joydagi monitorlarda imom-xatib va uning yonida surdo tarjimon harakatlarini kuzatib borishi mumkin.
Fevral oyida yana bir qator masjidlarga surdo onlayn dasturi doirasida maxsus vositalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)