• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Payariqda bemorga o‘lim tashxisini qo‘ygan shifokor kaltaklandi. Uning ikki barmog‘i sindi

    15-fevral kuni Payariq shahri “Go‘zal” mahalla fuqarolar yig‘ini Jaloliddin Manguberdi ko‘chasida yashovchi fuqaro N.E. tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Reanimatsiya bo‘limida navbatchilikda bo‘lgan anesteziolog-reanimatolog shifokor Xurshid Abdurasulovni haqorat qilib, uning qo‘llariga jarohat yetkazgan. Shuningdek, reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Abdumajid Ergashevni haqorat qilgan. Mazkur voqeaga yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Tibbiyot birlashmasining singan oynalari.

    Tibbiyot birlashmasining singan oynalari.
    Foto: “Daryo”

    – 15-fevral kuni tungi navbatchilik paytida soat taxminan 21:00 atrofida tez yordam mashinasida bemor ayol olib kelindi. Bemor bizning bo‘limga olib kelinmasdan avval vafot etgan ekan, – deydi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i Abdumajid Ergashev. – Biz bemorning yaqinlariga u allaqachon vafot etganligini aytib hamdardlik bildirib uni olib ketish lozimligini aytdik. Biroq mast holatda bo‘lgan N.E. janjal qilib eshiklarning oynalarni sindirib tashladi.

    Tibbiyot birlashmasining singan oynalari.

    Tibbiyot birlashmasining singan oynalari.
    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, 58 yoshli ayol bir necha yillar davomida qalqonsimon bez kasalligi va bronxial astma kasalligi bilan xastalanib, davolanib yurgan ekan. Bemor uyida astma kasalligi xuruj berishi natijasida joni uzilgan. Bemor vafot etganidan so‘ng uning yaqinlari tez tibbiy yordamni chaqirishgan. Tez tibbiy yordam shifokori tekshiruvdan o‘tkazib, unda hayot belgilari yo‘qligi, bemor olamdan o‘tganligini aytib ularga hamdardlik bildirgan. Biroq mast holatda bo‘lgan farzandlari vafot etgan odamga yordam berishni talab qilgan. Ularning vajohati kuchayib boraverganidan so‘ng tez yordam shifokori sun’iy nafas bergan. Keyin adrenalin dorisidan yuborgan. Sun’iy nafas berilganda havo oshqozon va qoringa qarab o‘tgan. Marhuma ozgina qimirlaganda boyagi havo chiqishi natijasida qorin qismi xuddi nafas olgandek qimirlagan. Bu holatni ko‘rgan marhumaning farzandlari sen nima deyapsan, mana nafas olyaptiku deya vafot etgan odamni shifokorga olib borasan deb majburlagan.

    Tibbiyot birlashmasining singan oynalari.

    Tibbiyot birlashmasining singan oynalari.
    Foto: “Daryo”

    – Bemorni baqir-chaqir bilan olib keldi. Reanimatsiyaga kelishi bilan uni ahvolini ko‘rib vafot etganligini aytdik. Hattoki tanasi sovib bo‘lgandi. Hatto tanada murda dog‘lari ham paydo bo‘lgandi. Biz bemor o‘lgan ekanligini aytganimiz bilanoq mast o‘g‘li janjal qilib eshiklarning oynalarni sindirib tashladi, – deydi shifokor Xurshid Abdurasulov. – Bo‘limdagi og‘ir kasallar yotgan bemorlar palatasidagi eshikning oynasini ham sindirib tashladi. Biz u palatada yotgan bemorni ahvolini katta qiyinchilik bilan yaxshilab olgandik. Bemorlar tinchligini buzmang deganimizdan so‘ng bizga yopishib ketdi. Natijada ikkita barmog‘imni sindirib oldim. Boshqa bo‘limdagi shifokorlarni va ichki ishlar xodimini chaqirib qiyinchilik bilan vaziyatni bartaraf etdik.

    Mazkur holat yuzasidan chaqiruv asosida bemor xonadoniga borgan Payariq tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori bilan ham suhbatda bo‘ldik. Shifokor o‘zini nomini oshkor qilmaslikni, o‘sha kungi voqealar hamon ko‘z oldidan ketmayotganligini bildirdi.

    Tibbiyot birlashmasining singan oynalari.

    Tibbiyot birlashmasining singan oynalari.
    Foto: “Daryo”

    – Borganimda bemorni tekshirib ko‘rib uni vafot etganligini aytdim. Ammo farzandlarining qistovi sabab sun’iy nafas berib, yurakka quvvat beruvchi dori qildim. Biroq bemorda o‘pka va yurak faoliyati tiklanmadi, – deydi tez tibbiy yordam shifokori. – Bemorning farzandlari uni shifoxonaga olib borasan deb bosim o‘tkazganidan so‘ng tibbiyot birlashmasiga olib keldim.

    N.E.ning asossiz janjali, shifoxonadagi tartibni buzgani va bemorlarning hayotiga xavf soluvchi holatlarni keltirib chiqargani uchun jabrlanuvchi shifokor Xurshid Abdurasulov huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Biroq bo‘lgan voqea yuzasidan qilgan murojaatini tuman prokuraturasi qabul qilmagan.

    – Shifoxonada sodir bo‘lgan janjal yuzasidan tuman prokuraturasiga tibbiyot birlashmamiz nomidan murojaat qildik. Ammo prokuratura bunaqangi arizalarni qabul qilmaymiz deb arizamizni qaytarib yubordi, – deydi Xurshid Abdurasulov. – Shifokorlarni odam o‘rnida ko‘rmay qo‘ydi. Tuman tibbiyot birlashmasida so‘nggi paytlarda bunaqangi holatlar juda ko‘p bo‘lmoqda. Nahotki bunday holatlarning oldini olishning imkoni bo‘lmasa?

    Foto: “Daryo”

    Payariq tuman TTB Reanimatsiya bo‘limida navbatchilikda bo‘lgan anesteziolog-reanimatolog shifokor Xurshid Abdurasulov hamda reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i bilan bog‘liq holatni o‘rganish jarayonida tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilayotganligiga guvoh bo‘ldik. Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i holat yuzasidan atroflicha o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib borib, qonunbuzarga nisbatdan tegishli tartibda chora ko‘rilishini bildirib o‘tdi.

    18.02.2019, 15:30   Izoh (0)   78385
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Mirzo Ulug‘bek tumanidan 160 ming dollarga hovli olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

    18.02.2019, 15:23

    O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga qo‘shildi

    18.02.2019, 15:12

    Kogonda mast erkak ayolni kaltaklab, umriga zomin bo‘ldi

    18.02.2019, 14:59

    O‘zbekistonda urug‘chilik to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

    18.02.2019, 14:35

    Samarqandda 5 nafar bosqinchi Spark egasini urib-tepib, 5 ming dollarini olib qo‘ydi

    18.02.2019, 14:22

    O‘zbekistonda sug‘orish ishlari uchun budjetdan 3-4 trln so‘m sarflanadi

    18.02.2019, 13:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 13:14

    Londonda 10 mln dollarlik Samsung telefonlari o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 5 avgust, 13:10

    O‘zbekistonda “yashil” elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rekord yangilandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:56

    Rossiya armiyasi Xarkovdagi vokzalga hujum qildi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 12:39

    Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbari maslahat uchrashuviga tayyorgarlikka doir maxsus tadbirda qatnashdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 12:31

    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

    Reklama | 5 avgust, 10:30

    “Aeroportda yolg‘iz”: Ispaniyada ota-ona 10 yoshli o‘g‘lini aeroportda qoldirib ketdi

    Dunyo | 5 avgust, 12:27

    Gollivud yulduzi Mark Ruffalo yana Xalk roliga qaytadi

    Kino | 5 avgust, 12:22

    Habib Nurmagomedov so‘nggi 100 yillikning eng buyuk sportchisi kim ekanini aytdi

    Sport | 5 avgust, 12:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.