O‘zbekiston fuqarosi 15-fevral kuni Sankt-Peterburgdagi qurilish maydoni 10-qavatidan qulab tushdi. Bu haqda “CA-News.org” xabar bermoqda.
Uning omon qolgani va bosh, ko‘krak qafasi, qorin va tos jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgani bildirilmoqda.
Ism-sharifi va O‘zbekistonning qayeridan ekanligi ma’lum qilinmagan mehnat muhojirida umurtqa sinishi va bosh suyak-miya jarohati qayd etilgan.
Izoh (0)