Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan zamonaviy fizikaning taniqli namoyondasi, xalqaro darajadagi professor vatandoshimiz Alisher Qodirov ishtirokida talabalar va yosh olimlar uchun zamonaviy amaliy fizika muammolariga bag‘ishlangan videoseminar o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Videoseminarda vazirlik rahbariyati, Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, fizika sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari hamda shu sohada tahsil olayotgan doktorantlar ishtirok etdi.
Videoseminarda professor zamonaviy amaliy fizika yangiliklari, jahon ilm-faniga integratsiya qilish, fizika sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zarurligi haqida to‘xtalgan va bu borada yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Alisher Sobirovich Qodirov — asli o‘zbekistonlik. U hozirda yadro fizikasi sohasida dunyoning yetakchi professorlaridan biri hisoblanadi. Olim ilm-fan va texnika sohasida qator xalqaro nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan, 2018-yilda Amerika fiziklar jamiyatining (APS) tanlangan a’zosiga aylangan.
Izoh (0)