Toshkentdagi kafeda IIB xodimini shafqatsiz kaltaklagan to‘rt nafar fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda UzNews.
Huquqni saqlash organlaridan olingan xabarga ko‘ra, 15-fevral kuni soat 20:30 atrofida “Karimbek” oshxonasida 32, 32, 33 va 39 yoshli 4 nafar fuqaro mast holatda IIB xodimini shafqatsizlarcha kaltaklagan. Jabrlanuvchi 2010-yildan buyon Buxoro viloyat IIBda ishlab kelgan.
Buning oqibatida 37 yoshli IIB xodimi bosh miya og‘ir lat yeyishi, chakka tomon gematomasi, bosh chanog‘ining orqa suyagi sinishi diagnozi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.
Ushbu ish yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-bo‘limi 2-qismi asosida (og‘ir jarohat yetkazish, bezorilik) bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. JKning ushbu moddasiga ko‘ra, ayblanuvchilarga 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Izoh (0)