Toshkentda eng katta muammo aholini uy-joy bilan ta’minlashdan iborat. Bu haqda poytaxt hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov ma’lum qildi.
Ayni paytda Toshkentda 150 ming oilaning uy-joyga ehtiyoji bor.
Davron Hidoyatovga ko‘ra, Toshkentda 2018-yilda 800 ming kvadrat kilometr turar joy foydalanishga topshirilgan va 11,5 ming oilaning uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlangan. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga ortib boradi.
Izoh (0)