• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 25-fevraldan 100 ming so‘mlik kupyura muomalaga chiqariladi

    O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 25-fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida ma’lum qildi.

    Qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan. Banknotning o‘lchami 144 x 78 millimetr bo‘lib, maxsus himoyalangan qog‘ozda chop etilgan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Banknotning o‘ng tarafidagi oq oval qismida Mirzo Ulug‘bek surati ko‘rinishidagi lokal suv belgisi va 100000 raqami ko‘rinishida filigran suv belgisi joylashgan. Banknotning o‘ng tarafidagi qog‘oz qatlamida kengligi 5 millimetrli 3D effektga ega bo‘lgan, yuqori himoyali, sho‘ng‘uvchi, banknotning ustki qatlamiga chiquvchi himoya ipi joylashtirilgan. Yorug‘lik manbaida ip to‘liq ko‘rinishga ega bo‘lib, banknotning istalgan qiyalik ko‘rinishida ipdagi tasvirlarda siljish effekti paydo bo‘ladi. Old va orqa tomonlarining foni asosan och jigarrang va havo ranglaridan iborat.

    Banknot old tomonining chap qismida Mirzo Ulug‘bek haykali tasvirlangan. Banknotning yuqori qismining chap tarafida rangi o‘zgaruvchan 100000 raqami joylashtirilgan bo‘lib, ma’lum qiyalik burchagida qaralganda uning rangi qirmizi rangdan jigarrangga o‘zgaradi.

    Banknotning quyi qismining chap tarafida ornamental tasvir asosida (fonida) “UZB” ko‘rinishidagi yashirin tasvir mavjud bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinadi. Banknotning chap tomonida joylashgan yashil rangdagi maxsus element ko‘zi ojiz insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmaligi hisobiga banknotning qiymatini aniqlash mumkin. Banknotning yuqori qismida, haykalning o‘ng tomonida ko‘p funksiyali usturlob (“Astralyabi“) astronomik asbobi tasviri joylashgan va u registr vazifasini bajarib, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi, yorug‘likka qaratilganda orqa tomondagi rangli fon bilan tasvir mukammalashadi.

    Banknot yuqori qismining o‘ng tomonida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni mavjud. Banknotning yuqori o‘ng burchagida O‘zbekistonning Gerbi jigarrangda aks ettirilgan. Banknotning o‘rta qismida quyosh sistemasi sxemasi joylashgan bo‘lib, uning rangi ko‘rish burchagiga qarab bronza rangidan yashil rangga o‘zgaradi. Orbita doirasida quyosh sistemasi sayyoralari va oltita kichik sayyoralar turli o‘lchamdagi sakkiz qirrali yulduzchalar ko‘rinishida joylashgan. Ularning rangi ham ma’lum qiyalikda o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Orbitalar doirasi perimetri atrofida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘z birikmasi ko‘rinishida takrorlanuvchi mikromatn mavjud.

    Banknot quyi qismining markazida “BIR YUZ MING SO‘M” matni joylashgan bo‘lib, uning ostida “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi aks etgan. Banknot pastki o‘ng burchagidagi 100000 raqami ikki xil, ya’ni jigarrang va yashil rangda aniq chegaralangan holda bosilgan. Banknotning lotin alifbosidagi ikki harfli seriyasi va yetti xonali sondan iborat raqami ikki joyda bosilgan bo‘lib, quyi qismining o‘ng tomonidagi bo‘yoq ferromagnit, chap qismdagi rangli maydondagi lyuminesser xususiyatiga ega.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Banknot orqa tomonining chap qismidagi oval shakldagi maydonda ham lokal suvli belgisini ko‘rish imkoniyati mavjud. Chap tomonining yuqori burchagida giloshir rozetka maydonida banknot muomalaga chiqarilgan yil ko‘rsatilgan. Banknotning markazida jigarrangda Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi tasvirlangan va uning ustida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni tushirilgan.

    Banknotning quyi qismida ko‘k rangda 100000 raqami, “BIR YUZ MING SO‘M” yozuvi hamda ularning tagida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan. Mazkur tasvirlar va banknotning yuqori qismi o‘ng burchagidagi 100000 raqami metallograf bosma usulida (bo‘rtmaligi seziladigan) bajarilgan. Banknotning o‘ng tomonida qo‘sh yoyli kvadrant astronomik asbob tasvirlangan.

    Banknot markazida O‘zbekiston xaritasining chegarasi aks ettirilgan bo‘lib, unda buyuk olim Mirzo Ulug‘bek o‘z ilmiy faoliyatini olib borgan Samarqand shahrining joylashgan o‘rni belgilangan. Xaritaning foni uzluksiz ravishda takrorlanuvchi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” mikromatni bilan to‘ldirilgan.

    Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgisi, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

    16.02.2019, 19:34   Izoh (0)   225522
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryo viloyati Xalq qabulxonalariga 11 ta Cobalt avtomashinasi topshirildi

    16.02.2019, 18:12

    Kursantlar havaskor ijodiy jamoasi Bobur hayotini sahnalashtirdi

    16.02.2019, 17:53

    Buxoroda 25 ming dollar evaziga Tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar to‘rt yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi

    16.02.2019, 17:32

    Navoiyning “Avoqli” mahallasida 5 yil kutilgan bog‘cha quriladi

    16.02.2019, 17:11

    Chilonzorda vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari, savdo-sotiq obyektlari tartibga keltirilmoqda

    16.02.2019, 16:16

    O‘zbekiston vakillari Parijdagi qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qilindi

    16.02.2019, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.