• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda aroqxo‘r onasidan bezigan bolalar o‘zlarini Mehribonlik uyiga joylashtirishlarini so‘rab, militsiyaga murojaat qildi

    Buxoro shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari aka-uka Arkadiy Rashidov hamda Sergey Ivanovlar (bolalar va ularning oila a’zolarining ism-shariflari o‘zgartirilgan) aroqxo‘r onasi Marina Ivanova ustidan shikoyat qilib, o‘zlarini Mehribonlik uyiga joylashtirishlarini so‘rab, ichki ishlar organlariga murojaat qilishdi. Bu haqda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi 3-son IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektori, katta leytenant Shahobiddin Rahmonov ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bildirilishicha, Buxoro shahridagi 38-sonli “Piridastgir” MFYda yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro Marina Ivanova opasi Valentina Soliyeva hamda akasi Pyotr Ivanovlar ta’sirida uzoq yillardan buyon spirtli ichimliklar ichib keladi. Qo‘ni-qo‘shnilar, maktab va mahalla faollari, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan nazorat va targ‘ibot ishlari olib borilishiga qaramay, samara bermagan.

    “Aka-uka Arkadiy va Sergey uchinchi va to‘rtinchi sinfda tahsil olishadi. Voyaga yetmagan bolalar oilada o‘ta og‘ir, qiyin va sharoitsiz ahvolda yashashadi. Shu boismi, maktabda o‘zlashtirishlari past. Maktabimiz jamoasi tomonidan doimiy ko‘mak beramiz. Ovqatlantiramiz, kiyintiramiz, darsliklaru o‘quv-qurollari bilan ta’minlaymiz. Aqlli, esli-hushli bolalar. Ammo juda odamovi va hurkak. Chunki nosog‘lom oila muhiti ularni ruhan cho‘ktirgan. Deyarli, har kuni oilasidan xabar olamiz. Afsuski, ona ichkilikka ruju qo‘yib bo‘lgan. Uni yo‘ldan qaytara olmadik. Urinishlarimiz zoye ketdi”, — dedi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Roza Avdeyeva.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ota-onalar, maktab jamoasi, profilaktika inspektorlari ko‘p yillardan buyon aka-ukaga yordam qo‘lini cho‘zib kelgan. Mahalla ahli ham bunday ezgulikdan chetda turmagan.

    “Eng achinarlisi, bolalarga olib berilgan qishki kiyim-boshlarni ham aroqxo‘r ona sotib, ularni yupun qoldirgan”, — deb so‘zida davom etdi Roza Avdeyeva.

    Onasining surunkali ichishi yetmagandek, ular bilan bir xonadonda yashab keladigan tog‘asi hamda xolasi ham bolalar taqdiri bilan qiziqmagan.

    “Aroqxo‘r onaning aybi va ehtiyotsizligi bilan bir necha yil oldin ularning xonadonida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Ikki xonali uy talofat ko‘rdi. O‘shanda bu xonadonda Arkadiy va Sergeydan tashqari, 2 yoshli Borya hamda 6 yoshli Alisa ham ulg‘ayayotgan edi. Yosh bolalarning hayoti yana xavf ostida qolishi mumkinligini anglab, Vasiylik va homiylik Kengashi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ular Bolalar uyiga joylashtirilgan edi. Afsuski, endi bu ikki nafar farzandining ham taqdiri onani mutlaqo qiziqtirmaydi”, — dedi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hasan Asadov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yarim tunda aroqxo‘r onaning kaltaklashiyu xo‘rlashlaridan bezigan norasida aka-ukalar uydan qochib, IIO FMB 3-son IIB HPBga murojaat qilgan.

    “Joriy yilning 10-fevral kuni bolalar oiladagi nosog‘lom hayot tarzidan qiynalishayotganini, o‘zlarini Mehribonlik uyiga joylashtirishlarini so‘rab, murojaat qilishdi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, mazkur nosog‘lom oilada bolalar faqatgina onasi Marina Ivanova bilan emas, xolasi Valentina Soliyeva hamda tog‘asi Pyotr Ivanov bilan ham birga yashashadi. Ushbu ikki shaxs sud qaroriga asosan, viloyat Narkologiya dispanseri alkogolizmni majburiy davolash muassasasiga yotqizilgan. Pyotr Ivanov esa turli jinoyatlar sodir etib, bir necha bor jazoni o‘tab qaytgan. Ayni paytda ma’muriy nazoratda. Bunday oila muhitida yashash har qanday o‘smir uchun og‘ir. Bolalar o‘z yaqin qarindoshlarining hamda onasining g‘ayriijtimoiy harakatlari ta’sirida qolmaslik va bunday muhitdan xalos bo‘lish uchun murojaat qilishga majbur bo‘lishgan. Voyaga yetmagan o‘smirlarning ijtimoiy himoya so‘rab kelishganini qanoatlantirish maqsadida amaliy chora belgilashimizga to‘g‘ri keldi. 11-fevral kuni huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirokida yopiq sud majlisi o‘tkazildi. Bolalarning onasi Marina Ivanova roziligi hamda arizasiga ko‘ra, o‘g‘illari Arkadiy Rashidov va Sergey Ivanovlar Buxoro viloyat IIB HRB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi”, — dedi Shahobiddin Rahmonov.

    Ushbu markazda bir necha kun ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatilgan voyaga yetmagan aka-ukalar bilan suhbatlashar ekanmiz, ular bir necha kundan buyon inspektor xodimlari qaramog‘ida nosog‘lom oiladan uzoqda tinch va xavotirsiz yashayotganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Uyda hech qachon tinchlik bo‘lmagan. Onam bizni doim uradi, kaltaklaydi. Begona erkaklar uyga kelganda sovuqmi, issiqmi, qaramay, yarim kechasi bo‘lsa ham ko‘chaga haydaydi. Onamga qo‘shilib ichgan xolam va tog‘am ham men va ukamni doimiy baqirib, qo‘rqitishadi. Ular bilan yashashni istamaymiz!”, — dedi Arkadiy ko‘ziga yosh olib.

    “Men maza qilib cho‘mildim. Shirinliklar, turli yeguliklar berishdi. Yap-yangi qishki kiyim-bosh va krossovkalar berishdi. Kechqurunlari yotog‘imizga kirib, holimizdan xabar olishadi. Kelajakda men ham inspektor bo‘lib, bolalarga mehribonlik qilaman”, — miyig‘ida kuladi Sergey.

    Joriy yilning 15-fevral kuni Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda OAV vakillari sa’y-harakati bilan Vasiylik va homiylik Kengashi qaroriga ko‘ra, Arkadiy Rashidov va Sergey Ivanovlar Buxoro viloyat IIB HRB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazidan Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyiga ko‘chirildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bolalar shinam va ozoda xonalarga joylashtirilar ekan, sharoit va imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirdi. Ular tahsilni Buxoro shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom ettirishadi.

    Ma’lumot o‘rnida: Buxoro shahrida tug‘ilgan, voyaga yetmagan Arkadiy Rashidov va Sergey Ivanov, shuningdek, onasining loqaydligi va e’tiborsizligi tufayli bugungi kunda Bolalar uyida tarbiyalanayotgan 3 yoshli va 7 yoshli farzandlari Borya va Alisa taqdiriga ham befarq qaragan Marina Ivanovaga nisbatan uning yuqorida ko‘rsatilgan xatti-harakatlariga nisbatan Buxoro shahar Vasiylik va homiylik Kengashi tomonidan uni onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha hujjatlar to‘planmoqda.

    Laylo Hayitova

    16.02.2019, 15:05   Izoh (0)   68306
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston urbanizatsiya bo‘yicha 233 mamlakat orasida 155-o‘rinni egalladi

    16.02.2019, 14:55

    Baxtiyor Abdullayev Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali direktori etib tayinlandi

    16.02.2019, 14:30

    Foto: Islom Karimov. 1999-yil, 16-fevral, Toshkent

    16.02.2019, 14:15

    Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

    16.02.2019, 13:59

    Gruziyada odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol 12 yil ozodlikdan mahrum etildi

    16.02.2019, 13:31

    Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: O‘zbekiston shaharlaridagi aholining turmush tarzi qishloqqa xos

    16.02.2019, 12:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.