Hukumat qarori bilan Baxtiyor Abdullayev Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Filial Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo‘linmasi — yuridik shaxs maqomiga ega oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Filial direktori mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha Adliya vaziri o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosarlari esa Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga tenglashtiriladi.
Izoh (0)