15-fevral kuni O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol Astraxan shahrida “Qorauzek” chegara postini noqonuniy ravishda kesib o‘tishga uringan, deb xabar berdi Sputnik.
Ayol chegara hududida Toyota avtomobilini ro‘yxatga olish vaqtida qo‘lga olingan. Chegarachilar o‘zbekistonlik ayolga 2023-yilgacha Rossiya hududiga o‘tish taqiqlanganini aniqlagan. Biroq ayol familiyasini o‘zgartirib, O‘zbekistonda yangi pasport olgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayol to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki katta miqdorda jarima to‘lash bilan jazolanishi mumkin.
Izoh (0)