• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada “virtual jamoat” tashkil qilgan shaxs 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

    Farg‘onada ijtimoiy tarmoqlarda ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’lumot va materiallarni tarqatib kelgan, “virtual jamoat” tashkil qilgan shaxs sud hukmi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Oltiariqlik Alisher Umarqulov 1997-yilda Muhammad Mamarizayev bilan tanishib undan diniy saboq oladi. Ammo bu tanishuv zamirida tinchlikka raxna solish, o‘zgalar qalbi va ongini zaharlashga qaratilgan “ta’lim” ham bo‘ron singari hayotini alg‘ov-dalg‘ov qilib yubordi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tumani sudining 2000-yil 25-oktabrdagi hukmiga ko‘ra, “hizbut-tahrir” diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lib, tashkilot faoliyatida qatnashib yig‘ilishlarida ishtirok etib kelganligi uchun 7 yil ozodlikdan mahrum qilinadi. 2003-yilda amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etilib, hayotini izga solish uchun unga imkoniyat berildi. Ammo u yana eski “qilig‘i”ni boshlaydi. 2012-yil sentabr oyida M.Mamarizayev bilan topishib, uning uyida yig‘ilib turadigan 3—4 nafar “xizbut”chilar bilan tanishadi. U yerda jinoiy sherigining kuyovi A.Maxsudovni oqimga a’zolikka qabul qiladi. Keyinchalik R.Haydarov ham ularning biriga aylanadi.

    “To‘rtovlon” har oyda yig‘ilib, Oltiariq tumani hududida “hizbiy xalqa” tashkil qilishib, internetda o‘zgalarga tuzoq qo‘yishni boshlaydi. O‘zi singari e’tiqodi zaif, zamiri puch g‘oyalarning etagidan tutadigan kimsalarni izlab topishadi. Qarmog‘iga ilinganlarni o‘z tarafiga og‘dirib, elektron diniy adabiyotlar bilan saboq bera boshlashadi. A.Umarqulov o‘zining halqasiga A.Yakubov, A.Mamarizayev va B.Mamatovni, M.Mamarizayev — M.Rahimov, “Ahad”, A.Mo‘minov, A.Azizboyevni, I.Vohobov — A.Abdullajonov, A.Mirzarahmonovni, R.Haydarov — “Tursunali”ni, A.Mahsudov esa B.Boboyev, M.Yulchiyev, A.Qo‘ziyev, X.Karimov, A.Ergashev, M.Haydarov va D.To‘tabayevni jalb qiladi. Ular yig‘ilishlarda internet tarmog‘i orqali oqimning yangiliklari va g‘oyalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashgan. Virtual jamoaga birlashgan holda tashkilotning moliyaviy jamg‘armasi hisoblangan “taborruot” pullarini to‘plash hamda boshqa tashkiliy masalalarni muhokama qilib kelgan.

    Bu orada A.Umarqulov garchi turmush o‘rtog‘i, farzandlari bo‘lsa-da, o‘zi singari chirkin g‘oyalari bilan tarmoqlarda kezayotgan N.Aripova bilan tanishib qolib, u bilan 2013-yilda shar’iy nikohdan o‘tadi. Endilikda ular oqimga qiziqishi bo‘lgan shaxslarni jamoat a’zosiga aylantirish, ularga “hizbut-tahrir” tashkiloti nashriyotiga tegishli kitoblardan saboq berib, ongini zaharlashga zo‘r beradi.

    A.Umarqulov ularning orasida “mushrif” darajasida faoliyat yuritib, safdoshlarini kengaytirishga “astoydil” kirishib ketadi. O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilib, ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’lumot va materiallarni tarqatib keladi. O‘zining “jamoat”, “halqa” hamda internet tarmog‘ida “virtual jamoat” diniy ekstremistik tashkilotlarini tuzib, ularga rahbarlik qiladi.

    2013-yil sentabr oyida jamoat a’zolari Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida istiqomat qiluvchi M.Mamarizayevning xonadonida to‘planib, o‘z faoliyatini aniq bir maqsad sari amalga oshirish va bevosita oqimning yuqori turuvchi rahbarlari bilan aloqa o‘rnatishga kelishib oladi.

    A.Maxsudov internet tarmog‘i orqali Qirg‘iziston Respublikasida faoliyat yuritayotgan gumashtalari bilan bog‘lanib, biron-bir yuqori turuvchi shaxslardan ko‘rsatma va yo‘l-yo‘riqlar berilsa, faoliyatini rivojlantirishga turtki bo‘lishini aytib, rahnamolik qilishlarini so‘raydi. Mazkur yilning oktabr oyida A.Umarqulov Qirg‘iziston Respublikasi Qadamjoy tumaniga o‘tib, u yerda o‘zini “Hoji” deb tanishtirgan diniy ekstremistik oqimining Qirg‘iziston Respublikasidagi vakili bilan uchrashib, unga faoliyatlari haqida ma’lumot beradi. Halqani yanada kengaytirishga qaratilgan tavsiyalar olib, ijtimoiy tarmoqda da’vatlarni kuchaytiradi.

    Vaqti-soati kelib, jinoyatchilarning sirlari fosh bo‘layotganda esa oila a’zolariga ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga ketayotganligini aytib, sheriklari bilan Qirg‘iziston Respublikasi Qadamjoy tumaniga o‘tib ketadi. Ijtimoiy tarmoq orqali bir-birlari bilan doimiy ravishda bog‘lanib turadi. Shunday holatda ham qilmishini anglamagan nobakor er endilikda turmush o‘rtog‘i Z.Umarqulovaga ta’sir o‘tkazib, uni oqimga a’zo bo‘lishiga da’vat qilib kelgan. Unga profil ochib berib, 2014-yilning avgust oyiga qadar muloqotda bo‘lib turadi. Ammo tez vaqt ichida xotini qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri kelib, sudlandi.

    Ongini ham, qalbini ham zulmat chulg‘ab olgan er turmush o‘rtog‘ining taqdiridan zarracha o‘kinmaydi. Hech narsa bo‘lmagandek, Qizilqiya shahridagi dehqon bozorida pishiriq sotish bilan shug‘ullanuvchi F.Mirzayeva bilan tanishib, u bilan yashay boshlaydi.

    Bir-biri bilan ko‘risholmagan qochqindagi “birodarlar” virtual olamda bo‘y ko‘rsatishlari bilan faoliyatlari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan yakunlandi. A.Umarqulov safdoshlarining siyraklashib qolganidan xavotirga tushib, tarmoqda o‘ziga boshqa o‘lja izlay boshlaydi. D.Nazarov, F.Usmonov va B.Usmonov yangi “hamrohlariga” aylanadi. Ularga oqimga tegishli bo‘lgan mavzulardagi maqolalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylab, o‘zlariga o‘xshash shaxslarni tanlab olish, “virtual jamoat” tashkil qilish vazifasi yuklanadi. D.Nazarov turmush o‘rtog‘ini hamda “Otabek”, “Ne’mat” ismli jiyanlari, ishchilari “Murod” va “Nuriddin” ismli shaxslarni oqimga da’vat etadi hamda ularga “ustoz”lik qiladi. Halqaga keyinchalik tojikistonlik “Abdulloh”, “Abdurashid”, qo‘qonlik “Sher”, “Polvon” taxallusli kimsalar ham qo‘shilgan.

    2018-yilning 12-yanvar kuni e’tiqod ovchisining faoliyati xotima topdi. Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan A.Umarqulovning qilmishlari ko‘rib chiqilib, unga tegishli jazo tayinlandi.

    15.02.2019, 22:18   Izoh (0)   34828
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Respublika onkologiya markazida “Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni” nishonlandi (foto)

    15.02.2019, 22:05

    Qo‘qonda Milliy gvardiya xodimining tekshiruv chog‘ida uyushtirgan nayrangi fosh bo‘ldi. Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi boshlangan (video)

    15.02.2019, 21:58

    Namanganda yangilangan temir yo‘l vokzali foydalanishga topshiriladi

    15.02.2019, 21:39

    Sergelidagi metro qurilishi xarajatlari, Toshkentda ushlangan fohishalar, batareyasi rekord darajada kuchli smartfon va kunning boshqa muhim xabarlari

    15.02.2019, 21:00

    Qashqadaryoda fermer xo‘jaligidan 16 bosh qo‘y va echki o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

    15.02.2019, 20:47

    O‘zbekistonlik fermerlar Ispaniyadagi “Figan-2019” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi

    15.02.2019, 20:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55

    Tramp Meksika va Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj soladi

    Dunyo | 13 iyul, 21:30

    “Isroil Eron prezidentini o‘ldirishga uringani uchun tovon to‘laydi” — eronlik amaldor

    Dunyo | 13 iyul, 21:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.