Toshkent shahri Mirobod tumanidagi “Oq uy” jome masjidini zamonaviylik va milliylikni inobatga olgan holda yangi loyiha asosida qurish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
“11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan xayrli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ishtirok etib, masjid binosining birinchi g‘ishtini yaxshi tilak va xayrli duolari ila qo‘yib berdilar. Marosimda ulamolar, mahalla faollari va mo‘ysafid otaxonlar ishtirok etdilar. Shuningdek, ulamolar, nuroniylar va ezgu niyatda yig‘ilgan qalbi pok insonlar ham birin-ketin poydevorga g‘isht qo‘ydilar”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)