Mirobod tuman IIB navbatchilik qismiga 8-fevral kuni tibbiyot muassasidan 18 yashar E’zoza R. tan jarohatlari bilan murojaat qilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qizning aytishicha, u kursdoshi Oygul K. va uning singlisi Shahlo K. bilan janjal oqibatida jarohatlar olgan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)