• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oqdaryodagi yo‘llar bilan bog‘liq muammolar yechimini topmadi (foto)

    Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida mavjud muammolar yuzasidan O‘zAda maqola chop etilgandi. Tahririyat vakillari yana mazkur tumanning Po‘latdarxon mahallasida bo‘lib muammolar qay darajada hal etilgani bilan qiziqdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Ayrim masalalar hal etildi, lekin asosiy muammolarimiz haligacha ochiq turibdi, – deydi “Po‘latdarxon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mahmud Nasimov. – Hududning kattaligi va aholi sonining ko‘pligini hisobga olib, mahallani ikkiga bo‘lish masalasi yechilmadi. Bir necha yildan buyon ta’mirga muhtoj Nayman, Chorjo‘y, Ozod, Darxon qishloqlaridagi ichki yo‘llarning taqdiridan ham bexabarmiz. Shu kecha-kunduzda bu yo‘llardan yurish juda og‘ir. 41-maktabga boradigan yo‘l ham hamon o‘sha-o‘sha – loy, o‘ydim-chuqur...

    Oqsoqolning gaplaridan so‘ng qishloq yo‘llarini ko‘rish maqsadida mahalla hududidan o‘tgan Jomboy – Po‘latdarxon yo‘liga chiqdik. Darvoqe, qabul chog‘ida aholi ushbu yo‘lning torligi, tegishli yo‘l belgilarining o‘rnatilmagani va transport vositalarining yuqori tezlikda harakat qilishi oqibatida bu ko‘chada tez-tez yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishini bildirgan edi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mahalla faollarining aytishicha, bu masalalar hamon muammoligicha turibdi. Yo‘l torligi yetmagandek, uning ikki tomonida piyodalar yo‘laklari ham yo‘q. Asfaltdan tashqari joylar loyligi sababli piyodalar yo‘lning transport vositalari qatnov qismidan yurishga majbur bo‘lmoqda.

    Ushbu yo‘ldan Darxon va Ozod qishloqlarini bog‘laydigan yo‘lga o‘tdik. Aholi aytganicha bor ekan, bir zamonlar asfalt yotqizilgan bu yo‘ldan hozir transport vositalarining yurishi ham qiyin. Ko‘chaning yaroqsiz holga kelib qolganidan yo‘l o‘rtalarida katta-katta ko‘lmaklar hosil bo‘lgan. Aholining ta’kidlashicha, mutasaddilar har gal bu yo‘l dasturga kirgan, deyishadi, ammo hech bu dastur ijro etilmaydi. Yo‘lning ahvoli esa yildan yilga yomon bo‘lib bormoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mahalla bolalari 41-maktabga qatnaydigan yo‘lning taqdiri ham bir necha yildan buyon shu holatda. Yaqinda aholi hashar qilib, yo‘lga tosh to‘kib, biroz tartibga keltiribdi. Lekin bu ham vaqtinchalik chora-da.

    Po‘latdarxondagi yo‘llarning taqdiri bilan qiziqib, tuman hokimligi tomon yo‘l oldik. Tuman markaziga borguncha yana bir qator ichki yo‘llarga ham nazar soldik. Qorateri, Kumushkent mahallalarida asfalt yotqizilgan yoki qum-shag‘al to‘shalib, tartibga keltirilgan ko‘chalar bilan birga ta’mirtalab, haligacha loy-ko‘lmak yo‘llar. Ayrim qishloq qabristonlariga boradigan yo‘llarga tosh ham to‘kilmagan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Tuman markazida o‘tgan yil bunyod etilgan tibbiyot birlashmasi davolash-profilaktika muassasalari atrofidagi yo‘llar va avtomashinalar to‘xtash joylari ham o‘z holicha tashlab qo‘yilgan. Zamonaviy binolarga mos transport-kommunikatsiya tizimi yaratilmagan.

    E’tiborimizni tortgan yana jihat shu bo‘ldiki, tuman markazida ham, qishloqlarda ham ayrim mahallalarda aholi o‘z hovlisi oldidagi ariqlarni tozalab qo‘ymagani yoki ko‘mib yuborgani oqibatida yo‘lda yomg‘ir suvlari to‘planib qolgan. Vaholanki, ko‘chaning tekis va ravonligi, qatnovga qulay bo‘lishidan avvalo shu yerda yashovchi aholi manfaatdor. Mahalla ahli ham o‘zlari yuradigan yo‘lning kichik ta’mirlash ishlarini bajarishi, hech bo‘lmaganda o‘z darvozasi oldini tartibga keltirib qo‘yishi mumkin-ku.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    – Bugungi kunda korxonamiz tasarrufidagi 154 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida o‘ta ta’mirtalablari ham, joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi kerak bo‘lganlari ham bor, – deydi Oqdaryo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Nortojiyev. – O‘tgan yil bu yo‘llarda 1 milliard 553 million so‘mlik ta’mirlash ishlarini olib bordik. Mahalliy byudjet hisobidan 826 million so‘m mablag‘ sarflanib, 4,6 kilometr masofada qabristonlarga olib boruvchi yo‘llarga asfalt beton qoplamasi yotqizildi. Joriy yilda bu ishlar ko‘lami yana ham kengayadi. 2019-yilga mo‘ljallangan manzilli dastur asosida tumanimiz bo‘yicha jami 24,8 kilometrlik ichki avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Ya’ni, 35 obyektda 5 milliard 176 million so‘mlik ish bajariladi. Dasturda tuman markazidagi ko‘chalar, Ozod-Darxon, Nayman yo‘li ham nazarda tutilgan. Shuningdek, ayni paytda Loyish shaharchasi hududidan o‘tuvchi 4r-58a “Loyishga kirish” avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

    Demak, po‘latdarxonliklar bu yilgi dastur ijrosini ham kutishlariga to‘g‘ri keladi. Balki bu gal ularning orzulari amalga oshib, qishloq yo‘llari ta’mirlanar – buni vaqt ko‘rsatadi. Xullas, jo‘jani kuzda sanaymiz-da.

    12.02.2019, 17:29   Izoh (0)   18312
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda 5 yoshli o‘g‘lini yog‘och bo‘lagi bilan urib o‘ldirgan ayol 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    12.02.2019, 17:23

    Toshkentdagi “Semashko” shifoxonasining hamshirasi 3-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi

    12.02.2019, 16:48

    Toshkentda 3 yoshli bola 3-qavat derazasidan pastga tushib ketdi

    12.02.2019, 16:46

    Ichki ishlar vaziri: Uyma-uy yurish asnosida 13 ming 716 muammo aniqlandi

    12.02.2019, 16:34

    Homilador kelinoyisini pichoqlagan yigitga sud hukm o‘qidi

    12.02.2019, 16:22

    FVV: 14-fevral kuni Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘adi, tuman tushadi, yo‘llar muzlaydi

    12.02.2019, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.