• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda 5 yoshli o‘g‘lini yog‘och bo‘lagi bilan urib o‘ldirgan ayol 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida 5 yoshli o‘g‘lini tarbiyalash maqsadida uning tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan Shahnoza Valiyevaga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Ulug‘nor tuman sudining raisi Sardorbek Yusupovning ma’lum qilishicha, Shahnoza Valiyeva 2018-yilning 15-oktabr kuni soat 15:00 lar chamasida o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Izboskan tumani, Manguberdi mahallasi, Baynalminal ko‘chasida joylashgan xonadonida, voyaga yetmagan o‘g‘li, hozirda marhum Z.Karimovni qaynonasi M.Valiyevani yashash xonadoniga borishiga to‘sqinlik qilib hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan.

    Sud-tibbiyot ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra, marhumda bosh teri ostiga qon quyilishi, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarini yopiq shikasti, o‘pka, taloq a’zolarini kam qonligi, o‘tkir yurak qon tomir hamda nafas yetishmovchiligi, iyak, chap qo‘l 2-3 barmoqlarida yirtilgan jarohatlar, bosh tepa, o‘ng-chap qo‘l yelka va bilaklarida, oyoq son boldirlarida ko‘plab teri ostiga qon quyilishlari, bosh tepa, chap chakka, chap yuz, yuqori-pastki labida, iyak, bo‘yin, ko‘krak, qo‘l-oyoqlarida ko‘plab shilinmalar aniqlangan. Ushbu tan jarohatlar hayoti uchun xavfli bo‘lgan “Og‘ir” darajadagi tan jarohatlar turkumiga kirgani tufayli norasidani o‘limi bilan sababiy bog‘liq ekani ko‘rsatilgan.

    Sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Shahnoza Valiyeva jinoyat sodir etgan vaqtda ham, ekspertizadan o‘tkazilayotgan vaqtda ham o‘zining xatti-harakatlarini idrok qilish, boshqarish va javob berish imkoniyatiga ega ekani ko‘rsatilgan.

    Sud majlisida so‘roq qilingan sudlanuvchi aybiga qisman iqror va pushaymon ekanini bildirgan. Uning ma’lum qilishicha Sh.Valiyev bilan 2012-yilda qonuniy nikohdan o‘tib, turmushi davomida 2 nafar farzandli bo‘lishgan. Shu sababli, 2015-yilda qurilishi tugallanmagan yangi uyga ko‘chib o‘tishib, o‘sha yerda yashay boshlashgan. 2018-yilning may oyida, turmush o‘rtog‘i ishlash maqsadida, Rossiyaga ketgan. Qurilish ishlarini yakunlash istagida qaynakalari Otabek hamda Quvonch Valiyevlarning kelganidan foydalangan o‘g‘li amakilari bilan qo‘shni mahallada yashovchi buvisinikiga ketgan. Ertasi kuni o‘g‘lini olib kelish maqsadida borganida qaynonasi asossiz bahonalarni ro‘kach qilib, kelgusida o‘g‘li bilan birga yashatmasligini aytib, haqorat qilgan. Bundan g‘azablangan Shahnoza Valiyeva qaytayotganida uyga borishga qarshilik qilgan farzandini qo‘liga jahl ustida daraxt novdasi bilan 2 marotaba urgan. Uyga kelganda o‘g‘li uxlagan. Uyg‘onib yana buvisinikiga borishini aytib, qochib chiqib ketmoqchi bo‘layotganda ochiq ayvondagi balandligi taxminan 1,5 metrni tashkil etgan zinadan bosh qismi bilan yiqilgan va hushini yo‘qotgan. Avvaliga qo‘shni mahallada yashovchi opasi U.Begmatovani chaqirib kelib, ikkisi birga farzandini yuziga suv sepishiga qaramay o‘zgarish sezilmagani sababli, qo‘shnisi Z.Rejapovni avtomashinasida shifoxonaga olib borishganida, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor farzandini vafot etganini ma’lum qilgan. Farzandini urishiga turmush o‘rtog‘i va qaynonasining bir necha yil davomida o‘tkazib kelgan ma’naviy zulmlari sabab bo‘lganidan tashqari, o‘g‘lini ehtiyotsizligi natijasida bosh qismi bilan yerga yiqilganini, uni yog‘och taxta bilan urmaganini bildirgan.

    Sud, davlat ayblovchisi B.Fozilovning xulosasini, sudlanuvchi Sh.Valiyeva va jabrlanuvchi qonuniy vakili Sh.Valiyevning ko‘rsatuvini, himoyachi K.Bakirov hamda jamoat himoyachisi S.Abdurahmonovaning fikrini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikdagi aybi, uni o‘z aybiga iqror, shuningdek pushaymon ekanini bildirib, bergan ko‘rsatuvidan tashqari, voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, ekspertiza xulosalari, foto suratlardan tashqari, ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar yig‘indisi bilan ham o‘z isbotini to‘liq topgan deb hisoblaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi JKning 10-moddasi, “Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi” deb nomlanib, unga ko‘ra, mazkur moddada, “Qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart” deb ko‘rsatilgan.

    Sud majlisida so‘roq qilingan Sh.Valiyeva aybiga qisman iqror va pushaymon ekanini bildirib, ko‘rsatuv bersa-da, biroq uning aybi sud majlisida tekshirilgan hamda to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan ham o‘z isbotini to‘liq topdi.

    Yuqoridagi Qonun talabidan kelib chiqib, sud sudlanuvchi Sh.Valiyevaning ko‘rsatuviga huquqiy baho berib, uni aybini yengillashtirish va tayinlanishi mumkin bo‘lgan muqarrar jazodan qochish maqsadida o‘ylab topilgan vajlar deb baholadi.

    Sud Shahnoza Valiyevani Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topib, JKning 50-moddasi talabi asosida 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

    12.02.2019, 17:23   Izoh (0)   42514
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi “Semashko” shifoxonasining hamshirasi 3-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qildi

    12.02.2019, 16:48

    Toshkentda 3 yoshli bola 3-qavat derazasidan pastga tushib ketdi

    12.02.2019, 16:46

    Ichki ishlar vaziri: Uyma-uy yurish asnosida 13 ming 716 muammo aniqlandi

    12.02.2019, 16:34

    Homilador kelinoyisini pichoqlagan yigitga sud hukm o‘qidi

    12.02.2019, 16:22

    FVV: 14-fevral kuni Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘adi, tuman tushadi, yo‘llar muzlaydi

    12.02.2019, 16:10

    Uzbekistan Airways va Boeing shassilar almashtirish dasturi bo‘yicha shartnoma imzoladi

    12.02.2019, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.