2015—2018-yillarda Indoneziyada haj amalini ado etish qiymati Malayziya, Singapur va Bruneydan ko‘ra past narxda ushlab turilgan, deya xabar beradi “Azon.uz”.
Indoneziya Din ishlari vazirligi Haj va umra xizmatlari bosh mudiri Ramazon Harissmenning ma’lum qilishicha, bunga olib borilgan tizimli ishlar natijasida erishilgan.
Indoneziyada hajning umumiy narxi 2235 AQSh dollarni tashkil etgan. Buning uchun hukumat tomonidan hojilarga qo‘shimcha 400 AQSh dollardan berilishi haj xarajatlarining qisqarishiga olib kelgan.
Ma’lumot uchun, Indoneziya aholisi soni 2017-yil holatiga ko‘ra, 264 million nafarni tashkil etgan. Aholisining 87 foizi musulmonlardir. 2018-yilda Indoneziyadan dunyo mamlakatlari orasida eng ko‘p hoji, ya’ni 168 000 nafar kishi to‘g‘ri kelgan. Ularning har biriga yo‘l haqi uchun hukumat tomonidan 400 AQSh dollardan yordam puli ajratilgan.
Izoh (0)