O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8395,15 so‘mni tashkil etib, 6,38 so‘mga arzonlashdi. 1 yevro esa 113,08 so‘mga arzonlashib, 9510,03 so‘mni tashkil etdi.
Rubl ham arzonlashdi. Endilikda 1 rubl 0,68 so‘mga arzonlashib, 127,67 so‘mni tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda dollar kursi bunga qadar bir necha marotaba ko‘tarilgan edi. Xususan, 4-fevral kuni dollar kursi rekord ko‘rsatkichni qayd etib, 8401 so‘mni tashkil etgan edi.
Izoh (0)