O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi, deb yozadi Spot.

Foto: Markaziy bank

  • Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 16 so‘mga ko‘tarilib, 8 401 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro 54 so‘mga ko‘tarilib, 9 623 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 1 so‘mga ko‘tarilib, 128 so‘mni tashkil qildi.

So‘mning AQSh valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentabr oyi o‘rtalarida boshlandi (dollar 176 so‘mga qimmatladi). Dekabrning boshida esa O‘zbekistonda dollar kursi 4 oy davomida birinchi bor pasaydi.