Rossiyaning birinchi boshqariladigan ekpeditsiyasi 2031-yilda Oyga jo‘naydi, shundan so‘ng bu kabi parvozlar har yili amalga oshiriladi. Bu haqda “Roskosmos” bosh ilmiy instituti hujjatiga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.
“Missiya maqsadi: Oyga birinchi ekipajni yetkazish”, deyiladi 2031-yilga qilingan rejada.
2032-yilda Oyga lunomobil hamda ikkinchi ekspeditsiya ekipajini yetkazib berish belgilangan. Ularga “Oy sathida harakatlanish vositalarini sinovdan o‘tkazish” topshiriladi.
2034-yilda Oy bazasi qurilishi boshlanishi, 2035-yilda esa qurilish ishlarini davom ettirish belgilangan.
Boshqariladigan ekspeditsiyalar oldidan 2028—2029-yillarda ikkita sinov parvozlari amalga oshiriladi. Bunda boshqariladigan kema yordamida Oy atrofi aylanib chiqiladi.
Izoh (0)