• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sirdaryoda Prezident topshiriqlari qay darajada bajarildi?

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida sharoiti o‘ta og‘ir hududlarni obod, fayzli maskanga aylantirish, har bir oilaning turmush farovonligini oshirish xususida mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar bergan edi, deb yozadi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bugungi kunda ushbu topshiriqlardan 201 tasi yoki 81 foizining ijrosi ta’minlandi. 48 tasi yoki 19 foiz topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

    Belgilab berilgan topshiriqlardan 71 tasi yoki 28,5 foizining ijrosini ta’minlashda viloyat hokimligi, 178 tasi yoki 71,5 foizi bo‘yicha respublika vazirlik va idoralari mas’ul etib belgilangan.

    Tashrif davomidagi davlat rahbarining topshiriqlari ijrosidan kelib chiqib, 10 ta qaror va farmon loyihasi ishlab chiqilib, tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

    O‘sha tashrif chog‘ida berilgan topshiriqlar va Sayxunobod tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish yakuniga asosan viloyatni “2018—2019-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida umumiy qiymati 6,3 trillion so‘mlik, shundan 2,6 trillion so‘mi bank krediti mablag‘lari, 230 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya hisobiga 302 ta loyiha amalga oshirilishi, 15 ming 458 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilab olindi.

    Ayni paytga qadar viloyatda 1 trillion 224 milliard 500 million so‘mlik 167 ta loyiha amalga oshirilib, 4 ming 977 yangi ish o‘rni yaratildi. Oldingi yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p investitsiya kiritildi. Ushbu loyihalarga tijorat banklari tomonidan 535 milliard 600 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

    Dastur doirasida iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lgan yirik loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo Universal Oyna” MChJ tomonidan tibbiyot shisha idishlari, Pharma Plast Holding MChJ va “Grace pharma” MChJ tomonidan bir marta ishlatiladigan tibbiy flakonlar va tayyor dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

    Shuningdek, viloyat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmini oshirish maqsadida Mirzaobod tumanidagi “Sirdarinskiy bereg” va “Mirzaobod Universal Treyd” korxonalari, Xovos tumanidagi “Hoji Bahodirxon Ota” va “Hoji Gadoyboy ota” korxonalari tomonidan Janubiy Koreya texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxona tashkil etildi. Guliston shahrida “Akbar Biznes Stroy” MChJ tomonidan poyabzal ishlab chiqarish loyihasi, Mirzaobod tumanidagi “Farma Servis” MChJning muzlatkich va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashni tashkil etish loyihasi, “Mirzaobod broyler” MChJ tomonidan Germaniya texnologiyasi asosida parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihalari ishga tushirildi.

    Viloyat aholisiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun Guliston shahrida “Sardor Jamshid” va “Murodjon Shifo”, Boyovut tumanida “Boyovut xususiy sanatoriyasi”, Sardoba tumanida “Sardoba Diagnostika” korxonalari tomonidan zamonaviy tibbiy diagnostika markazi tashkil etildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    O‘tgan yili umumiy qiymati 94,1 million AQSh dollari, jumladan, 78,8 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga 20 ta loyiha amalga oshirildi. Ushbu loyihalar evaziga 100 ga yaqin ish o‘rni yaratildi. Joriy yilda 25 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 3 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlanadi. Xorijiy investitsiya loyihalarining to‘liq amalga oshirilishi natijasida yillik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati 1,3 trillion so‘mga, eksport hajmi esa 33 million dollarga ortishiga erishiladi.

    Masalan, Sirdaryo tumanida Xitoyning 17 million dollarlik investitsiyasi hisobiga metalni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan “Vanda group” qo‘shma korxonasi, Yangiyer shahrida Turkiyaning 65 million dollarlik investitsiya kiritishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Besler” qo‘shma korxonasi, shuningdek, Oqoltin tumanida Janubiy Koreyaning 3,8 million dollarlik investitsiyasi hisobiga momiq sochiqlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Oqoltin tekstil” qo‘shma korxonasi ishga tushiriladi.

    2018-yilda viloyatga qiymati 60 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya kiritildi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,5 barobar ko‘pdir.

    Qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda viloyatda bolalar qamrovi past bo‘lgan Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida qishloq aholisi uchun 5 yil muddatga maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qatnoviga ota-onalar to‘lovi miqdoriga joriy yil iyun oyidan boshlab 50 foiz chegirma berildi.

    Viloyatdagi bir qator fermer xo‘jaliklarida 2018—2019-yillarda sholi yetishtirish, qayta ishlash va sotishni qamrab oluvchi klaster hamda Oqoltin va Sardoba tumanlarida Singapurning “Indorama” kompaniyasi tomonidan paxta xomashyosi yetishtirish bo‘yicha klaster tizimlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

    Aholi turmush darajasini oshirish, ularga har tomonlama qulay sharoit yaratish borasida ham salmoqli ishlar qilindi. Jumladan, o‘tgan yili viloyat shahar va tumanlaridagi ichki yo‘llar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 176,4 kilometr masofada ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Dasturga qo‘shimcha yana 41,4 kilometrlik yo‘l ta’mirlandi. Qo‘shimcha ravishda kiritilgan ichki xo‘jalik yo‘llariga 8,6 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Mablag‘ teng ulushda respublika Yo‘l jamg‘armasi va viloyat mahalliy byudjeti hisobidan ajratildi.

    “Tuman va shaharlarda joylashgan ko‘p qavatli uylarning atrofini tartibga keltirish maqsadida 132 umumiy foydalanishdagi sanitar-uzellar, 191 ta ayvonli tandirxona va 191 ta bolalar maydonchasi qurib bitkazildi. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 14,3 milliard so‘m mablag‘ sarflandi”, – deydi viloyat hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Ibrohimov.

    Prezident tashrifi chog‘ida Xovos tumanidagi 31 ko‘p qavatli uyni 2018-2019-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda ularning arxitekturaviy qiyofasini o‘zgartirish yuzasidan bergan topshirig‘i ijrosi to‘la ta’minlandi. Jumladan, hududda ko‘p qavatli uylarning ichki kommunikatsiyalarini almashtirish, zamonaviy isitish tizimlari o‘rnatish, tomlarni yangilash, fasad va kirish yo‘laklarini ta’mirlash, kodli temir eshiklar o‘rnatish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bekami-ko‘st bajarildi. Ushbu ishlar uchun “Ipoteka bank”ning 16,5 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i jalb etildi.

    “Davlatimiz rahbarining taklifi bilan Guliston shahar Madaniyat markazi hududidagi ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy haykali misdan qayta ishlanib o‘rnatilishi shahar ko‘rkiga yanada ko‘rk bag‘ishladi. Sayxunobod tumanida aholiga zamonaviy savdo-maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida tuman markazida ‘Sayxun Planet’ MChJ tomonidan Toshkent shahridagi ‘Korzinka’ savdo markazi namunasi asosida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish markazi faoliyat boshladi. Istirohat bog‘i rekonstruksiya qilinib, zamonaviy attraksionlar o‘rnatildi”, — deydi viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari A.O‘rolov.

    Shirin shahar Nurobod mahallasi aholisining bir qismi Xovos tumaniga ko‘chirilishi munosabati bilan vaqtincha moliyalashtirishi to‘xtatib qo‘yilgan Xovos tumanidagi “M-3” xo‘jaliklararo kanalini qurish ishlari davom ettirildi va bunga 11 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

    Guliston shahar hududidan o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalining 1,4 kilometrlik qismi rekonstruksiya qilindi.

    Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yanada yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar davom ettirilmoqda.

    08.02.2019, 12:35   Izoh (0)   22046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vazirligining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari o‘quv-uslubiy yig‘inlarda qatnashdi

    08.02.2019, 12:10

    Avtomobili ariqqa tushib ketgan ayol Toshkent shahar IIBB xodimlariga minnatdorlik izhor qildi

    08.02.2019, 12:05

    Toshkentda 15 yoshli qiz o‘z uyi podyezdida bo‘g‘ib o‘ldirildi

    08.02.2019, 12:02

    O‘zbekistonda jurnalistlarni himoya qiluvchi Media-ombudsmen instituti tashkil etiladi

    08.02.2019, 11:48

    Toshkentda 264 ming dollarni foizi bilan qaytarishni va’da qilib, ishlatib yuborgan ikki yigit qo‘lga olindi

    08.02.2019, 11:27

    O‘zbekistonlik mutaxassislar standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

    08.02.2019, 11:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Roma” “Milan”ni ishonchli hisobda yengdi. Shomurodov 84-daqiqa o‘ynadi(video)

    Sport | 19 may, 07:22

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.