Apple 14 yoshli Granta Tompsonni FaceTime ishida xatolik topgani uchun mukofotlashga qaror qildi, deb xabar berdi “Tjournal”.
Bola kompaniyani birinchi bo‘lib ogohlantirgan, biroq Apple bunga vaqtida e’tibor qaratmagan.
Xabarda aytilishicha, Granta Tompsonga mukofotdan tashqari o‘qish uchun grant shaklida qo‘shimcha sovg‘a beriladi.
Tompsonning onasi o‘g‘li olgan mukofot pulini kollejga to‘lash uchun olib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Bolaning o‘zi esa xatolikni tasodifan ko‘rib qolganini, buning uchun Apple’dan hech qanday mukofot kutmaganini aytgan.
Izoh (0)