Prezidentimizning 2017-yil 29-dekabrdagi “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qaroriga muvofiq, 2018 – 2021 yillarda Sirdaryo IESi 6 ta energoblogini modernizatsiya qilish belgilangan. Shunga ko‘ra, hozirda Sirdaryo IES energobloklarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish uchun Rossiyaning “Siloviye mashini” kompaniyasi bilan hamkorlikda modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
– Energobloklarni modernizatsiya qilish orqali energobloklarning ishlash davrini yana kamida 20 yilga uzaytiramiz, – deydi, “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev.
–Shuningdek, energobloklarning mustahkamligi ta’minlanib, har bir energoblokning quvvat olish imkoniyatini 75 MVt ga oshiramiz va har bir kilovatt ishlab chiqargan elektr energiyasi uchunsarflanayotgan yoqilg‘i sarfini 35-40 gramm tejashga erishamiz.
2018-2019 yillar birinchi bosqich ya’ni 3,4-energobloklar, 2019-2020 yillar ikkinchi bosqich 5,6- energobloklar va 2020-2021 yillar uchinchi bosqich 9,10 energobloklar modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadi.
Bundan tashqari, modernizatsiya va rekonstruksiya qilinayotgan energobloklarda nafaqat issiqlik-mexanik va elektr qurilmalari, shu bilan birga energobloklardagi texnologik jarayonlarni avtomatik boshqaruv tizimi ham takomillashtirildi. Energoblokda texnologik jarayonlarni avtomatik boshqaruv tiziminiyanada barqaror ishlashiva ishlash muddatini uzaytirish maqsadida zamonaviy, yuqori texnologiyali dasturlashgan texnologik kompleksga o‘tish, ya’ni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Mazkur dasturlashgan texnologik kompleks energoblokning barcha boshqaruv tizimini avtomatik ravishda o‘z ichiga oladi. Unda avtomatik va masofadan boshqaruv, texnolog-operatorga ma’lumotlarni berish, avariyali holatlarda ma’lumotlarni saqlash, diskret va analog ma’lumotlarni saqlash va ishlab chiqish, texnologik xabar va ma’lumotlarni qayd etish, avtomatik rostlash, texnologik himoya va texnologik bloklash, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda mexanizmlarni avtomatik ishlatish kabi bir qator funksiyalar amalga oshiriladi.
Energobloklardagi texnologik jarayonlarni avtomatik boshqaruv tizimida bo‘lgan o‘zgarishlar xodimlar faoliyati tezkorligini oshirib, energoblokdagi har bir jarayonni to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, mamlakamizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyib 85-90 foizi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladi, shundan Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining ulushi 30-35 foizni tashkil qiladi.
Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi
Izoh (0)