Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilgan yoshlarga chora ko‘rildi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida “Yoshlar jinoyatchiligini jilovlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” mavzusida onlayn vebinarda aytildi, deb yozadi O‘zA.
Tadbirda 2018-yilning noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga izoh berildi. Ta’kidlanishicha, davlat ramzlariga hurmatsizlik qilgan yoshlarga tegishli chora ko‘rilgan.
– 50 mingga yaqin yoshlar, 7 mingga yaqin voyaga yetmaganlar Yoshlar ittifoqi, mahalla, “Barkamol avlod” bolalar markaziga biriktirildi, – deydi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘lim boshlig‘i Bahriddin Sultonov. – 13 ming ota-ona bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Oqibatda yoshlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar kamaydi.
Izoh (0)