O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha Buxoro va Navoiy viloyatlari abituriyentlari yetakchilik qildi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.
2018-yilda respublikaning abituriyent eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan 10 tumani (shahar)dan yettitasi Buxoro viloyati (Shofirkon, Vobkent, Peshku, Qorako‘l, G‘ijduvon, Qorovulbozor tumanlari va Buxoro shahri)ga to‘g‘ri kelgan.
Qolgan 3 tasi Navoiy viloyatida (Zarafshon, Navoiy shaharlari va Qiziltepa tumani) joylashgan.
Izoh (0)