• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    The Guardian gazetasida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari haqidagi maqola chop etildi

    Buyuk Britaniyaning nufuzli The Guardian gazetasida taniqli jurnalist Kerolayn Idenning “O‘zbekistonga sayohat yo‘riqnomasi: oylik marshrut” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. “Xalq so‘zi Online” ushbu maqolani o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop etdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Maqolada O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Quyida ana shu materialning eng muhim qismlari e’tiboringizga havola etiladi.

    Nima uchun borish kerak?

    “Buxoroning moviy gumbazlari, Qoraqalpog‘iston cho‘llari, Toshkentning betakror metropoliteni, Samarqandning tarixiy ko‘chalari — mana nima uchun O‘zbekiston sayyohlarni jalb qiladi?, — deb yozadi muallif. — Mamlakatning shonli tarixi o‘zbekona mehmondo‘stlik bilan uyg‘unlashib ketgan. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar natijasida respublikaga sayohat qilish ancha osonlashdi, bu yo‘ldagi byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi, ko‘plab tillarda so‘zlashadigan gid-tarjimonlar maktabi shakllantirildi, temir yo‘l, avtomobil va havo yo‘llari takomillashtirildi. Ko‘plab Yevropa davlatlari fuqarolari uchun viza bekor qilindi. Masalan, Buyuk Britaniya fuqarolari 1-fevraldan e’tiboran 30 kun mobaynida O‘zbekistonda vizasiz bo‘lish imkoniyatiga egalar.

    Andijondan Nukusgacha...

    Mamlakatning qaysi nuqtasiga borish haqida fikr yuritar ekan, Kerolayn Iden sayohatni poytaxt Toshkentdan boshlashni tavsiya etadi. “Shahar markazidagi mahobatli Amir Temur haykalini tomosha qilib, so‘ngra “yer osti mo‘jizasi” — metropoliten bo‘ylab sayr qilish mumkin. Chorsu bozorida rastalarning to‘laligidan boshingiz aylanib qolmasa, quruq mevalar va nonlardan qo‘yningizga siqqanicha oling, chunki bunaqasini boshqa o‘lkada topa olmaysiz.

    Keyin Farg‘ona vodiysi tomon yo‘lga tushing. Ipak sanoatining markazi bo‘lmish Marg‘ilon sizni hayratda qoldirishi aniq. Bu yerda ham bozorga kirib, xilma-xil mevalardan oling. Qo‘qonning tarixiy masjidlari, saroylari sizni go‘yo o‘tmishga yetaklaydi. Qo‘qonning holvasidan tatib ko‘rishni unutmang. Rishtonda esa butun dunyoga mashhur kulollar yashaydi. Ularning san’at asarlari jahon muzeylarida namoyish etishga arziydi. Andijonga borib, u yerning qovunlarini yeb ko‘rsangiz, nega Bobur hazratlari Hindistondek ulkan davlatda qudratli saltanatga asos solganiga qaramay, bir umr Andijonni sog‘inib o‘tganini anglab yetasiz.

    Toshkentga qaytib, to‘g‘ri Chimyon tog‘lari tomon yo‘l oling. Bu yerda yozda hammayoq gulga, qishda esa qorga burkanadi.

    Samarqandni ko‘rmasangiz, O‘zbekistonga bormagan hisoblanasiz. Tezyurar “Afrosiyob” poyezdi sizni ikki soatda u yerga yetkazadi. Samarqandning Registoni-yu ulug‘vor masjid-madrasalari har qanday kishining e’tiborini tortadi.

    Keyingi manzil Nurota — bu yerda muqaddas buloqdan suv ichib, Buxoro tomon yo‘lga chiqasiz. Bu shaharni tomosha qilish uchun bir kun yetmaydi, uni anglash va his qilish uchun esa bir umr ham kamlik qiladi.

    Buxorodan Urganch hamda Xiva tomon borasiz. Xivaga nega “ochiq osmon ostidagi muzey”, deya ta’rif berishlarini bilasizmi? Chunki bu shahar butunligicha saqlanib qolgan. Bunaqasi dunyo amaliyotida kamdan-kam uchraydi.

    Xivadan Nukusga uchib, u yerda dunyoga mashhur Savitskiy muzeyiga kiring. O‘zining tasviriy san’at namunalari bilan Savitskiy muzeyi Luvr muzeyidan kam emas.

    O‘zbekistonda transport tizimi rivojlangan. Temir yo‘llar tarmog‘i kengayib, tarixiy shaharlar o‘rtasida yangi yo‘nalishlar hamda tezyurar poyezdlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtomobil qatnovi esa sizga nihoyatda arzon tushadi.

    Butun respublika bo‘ylab mehmonxonalar majmuasi qurilyapti. So‘nggi ikki yilda mamlakatga sayyohlar oqimi keskin ortgani sababli mehmonxonada joyni oldindan band qilib qo‘yganingiz ma’qul.

    O‘zbeklar taom tayyorlashni san’at darajasiga olib chiqqan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, milliy taom — palov respublikaning har bir nuqtasida o‘ziga xos usulda tayyorlanishiga qaramay, u hamma joyda birdek mazalidir. Bundan tashqari, osh bu shunchaki taom emas, balki o‘zbek madaniyati va mehmondo‘stligining bir qismidir.

    O‘lkaning qaysi nuqtasida bo‘lishingizdan qat’i nazar, ishtahani ochuvchi iforlarni sezasiz. Qozonlarda pishayotgan ovqatlarning mazasi va ko‘rinishining o‘zi sizga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi!”.

    01.02.2019, 12:28   Izoh (0)   8804
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olmaliq, Chirchiq va Angren shaharlari kompleks quriladi

    01.02.2019, 12:16

    Avtomobil sanoatida O‘zbekiston Yaponiyadan nimalarni o‘rganishi kerak?

    01.02.2019, 11:53

    Rasul Kusherboyev deputatga bepisand munosabatda bo‘lgan hokimliklarni tanqid qildi

    01.02.2019, 11:20

    Jahon Markaziy banklari 2018-yilda rekord darajada oltin sotib oldi

    01.02.2019, 11:09

    Abdusalom Azizov AQShning CENTCOM qo‘mondonligi bilan uchrashdi

    01.02.2019, 10:36

    Nodirbek Saydullayev “Asaka” banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi

    01.02.2019, 10:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.