Milliy assambleyani nazorat qiluvchi Venesuela muxolifati Rossiya bilan munosabatlarni va Rossiya qurollarini yetkazib berish bo‘yicha ilgari tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “Kommersant”.
Venesuelaning Amerika davlatlari tashkiloti huzuridagi maxsus vakili lavozimiga parlament tomonidan tayinlangan Gustavo Tarre Briseno Rossiya tomoni “shartnomada yozilgan narsalarni sotmaganiga” ishonchi komil.
Janob Briceno Rossiya Federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan qurollarni tanqid ostiga olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Suxoy” bombardimonini yetkazish “to‘liq shaffof bo‘lmagan”, samolyotlar ham “texnologik jihatidan talabga javob bermaydi”.
Uning aytishicha, harbiylarni past sifatli vertolyotlar qoniqtirmagan. Siyosatshunosning aytishicha, Karakasning Moskva oldidagi asosiy qarzdorligi bu qurollar narxi bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, Venesuelaning maxsus vakili Rossiya Venesuelada geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlayotganini, biroq Rossiyaning bu ambitsiyalarni amalga oshirish uchun puli yo‘qligini qayd etgan.
Izoh (0)