“O‘zbekoziqovqatxolding” XK ikki oy muddat ichida tugatilib, ushbu sohada o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuzish bo‘yicha takliflar kiritiladi, deb yozadi O‘zA.
Bu haqda Prezidentning 2019-yil 28-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida aytildi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo va Moliya vazirliklari bilan birgalikda “O‘zbekoziqovqatxolding” XKni tugatish choralarini ko‘radi. Mazkur kompaniya ikki oy muddat ichida tugatilib, ushbu sohada o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tashkilot tuzish bo‘yicha takliflar kiritiladi.
Izoh (0)