Islom Karimov fondi 17-yoshli Islom Karimovning suratini e’lon qildi.
Surat O‘zbekiston Birinchi Prezidenti O‘rta Osiyo politexnika institutining birinchi kursida tahsil olayotgan vaqtda — 1955-yilda Toshkent shahrida olingan.
“Shu tariqa oddiy oilada voyaga yetgan yigit maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, taqdiriga peshvoz chiqmoq uchun safarga otlandi. O‘sha kezlar oltin medal va olam-olam orzular u kishining bor-yo‘q bisoti edi. Taqdir hukmi bilan kindik qoni to‘kilgan ona zaminga mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti bo‘lib manguga qaytdilar”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)