O‘zbekiston yoshlar ittifoqida “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi g‘oliblarining ilmiy ishlanmalari taqdimoti o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh olimlar kengashi vazirlik hamda tashkilotlar bilan birgalikda bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan, shuningdek, mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18—35 yoshdagi izlanuvchilar o‘rtasida “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovini tashkil etdi.
Aniq, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar yo‘nalishida to‘qqiz nafar yosh olimga loyihalarni amaliyotga birlamchi tatbiq etishi uchun 5 million so‘mdan berildi. Yosh olimlarning bu loyihalari o‘zini oqlasa, O‘zbekiston sharoitida amaliyotga tatbiq etish mumkin bo‘lsa, ularga yana 5 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
“Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad jamiyatdagi ijtimoiy muammolarga yechim topish va iqtisodiy samaradorlikka erishish, yoshlar faolligini oshirishdan iboratdir.
Izoh (0)