Niderlandiya kompaniyasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida tovuq go‘shtini qayta ishlash zavodini ishga turishga yordam beradi, deb xabar qildi Sputnik.
Xabarda aytilishicha, kuni kecha O‘zbekistonning Niderlandiyadagi elchisi Dilyor Hakimov bu masalani Marel Holding BV kompaniyasi rahbariyati bilan muhokama qildi.
Niderlandiya tomoni respublikada ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining assortimentini ko‘paytirish va ularni xalqaro bozorlarga yarim tayyor mahsulot ko‘rinishidagi yetkazib berish imkoniyatlarini ta’minlaydigan qayta ishlash korxonalarini tashkil etishda ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.
Korxonaning loyiha qiymati 10 million yevro miqdorida baholanmoqda.
Marel Holding BV kompaniyasining vakillari fevral oyining boshida zavod qurilishi masalasini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keladi.
Izoh (0)