Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda tomonlar Toshkentda ko‘p tarmoqli texnologiya universitetini ochish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, yangi ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini to‘liq shakllantirish, xorijlik mutaxassislarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uchrashuvda universitetda turli yo‘nalishlarga ko‘p sonli talabalarni qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Yig‘ilish yakunida istiqbolga tegishli qarorlar qabul qilindi.
Izoh (0)